Dunyoning eng yirik narkokarteli bo‘lmish Pakana laqabi bilan mashhur Xoakin Gusman Loer o‘tkazilgan maxsus operatsiya jarayonida qo‘lga olindi. Jinoyatchini qo‘lga olish operatsiyasi 8-yanvar kuni Meksikaning Los-Mochis shahrida o‘tkazildi. Operatsiya jarayonidan kadrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Dunyoning eng ko‘p qidirilgan jinoyatchilaridan biri Xoakin Gusman Loer, oddiy qilib aytganda, Pakanani qo‘lga olish operatsiyasi 8-yanvar kuni Meksikaning Los-Mochis shahrida o‘tkazildi. Operatsiya davomida otishma ro‘y berdi, xabar qiladi Assoshieyted Press agentligi meksikalik rasmiy shaxslardan olingan manbaga asoslangan holda. Pakanani qo‘lga olish operatsiyasida dengiz piyoda askarlari ishtirok etgan.
Meksika Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan tushgan arizaga muvofiq dengiz piyoda askarlari Pakana vaqtincha boshpana topgan binoga tong sahar hujum qildilar. Uydagi jinoyatchilar askarlarga qarata o‘t ochishgani ma’lum. Operatsiya davomida beshta gumondor o‘ldirildi, yana oltita jinoyatchi qo‘lga olindi, dengiz piyoda askarlaridan bittasigina yengil jarohat oldi, deya ta’kidlaydi agentlik.
Dunyoning eng uzoq qidirilgan jinoyatchisi, narkobaron Xoakin Gusman Loer olti oy muqaddam Rossiyada ishlab chiqarilgan vertolotda "Altiplano" qamoqxonasiga olib borilgan edi.
Pakana huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan uchinchi bor qo‘lga olinmoqda. Ilk bor u Gvatemalada 1993-yilda qo‘lga olingan bo‘lib, Meksika hukumatiga topshirilgan edi. 2001 yil u o‘zining AQShga topshirilayotganidan xabar topgach, qamoqdan qochadi. 13-yil davomida qochqin sifatida hayot kechirganidan so‘ng, 2014-yilning fevralida yana qo‘lga tushadi. 2015-yilning iyulida Pakana yana qamoqdan qochgan va olti oydan beri ozodlikda “nafas rostlayotgan” edi.