TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Toshkentda yaqin oylar ichida YHHlarni foto va video fiksatsiya qilish kompyuterlashtirilgan tizimi ishga tushadi, IIV vaklining Sputnik muzxbiriga bergan xabariga ko‘ra.
Tizimni o‘rnatish ishlari 75%ga yakunlangan. Loyiha zamonaviy foto va video fiksatsiya qilish tizimi o‘rnatilgan 120 poytaxt chorrahalarini qamrab oladi.
“Tizim ishga tushirilib poytaxtning 100ga yaqin ko‘chalarida vaziyatga baho bermoqda. Hozirgi kunda tizim dasturining ma’lum jihatlarini sozlash ishlari olib borilmoqda”, — dedi suhbatdosh.
Tizimni ekspluatatsiyaga to‘liq kiritish, loyiha tugatilganidan keyin, uni o‘rnatgan va ishga tushurgan shveysariya kompaniyasi bilan barcha kerakli hujjatlar imzolanganidan keyin amalga oshiriladi.
Sistema avtomatik tarzda ikki xil qoidabuzarliklarni ruyxatga oladi – tezlikni oshirish va qizil chiroqqa bo‘yso‘nmaslik holatlarini. Shu bilan bir vaqtda, boshqarish markazida vaziyatni kuzatayotgan operator, boshqa qoidabuzarliklarni ham yozma ravishda qayd qilishi mumkin.
Qoidabuzarliklar qayd qilinganidan keyin, avtoulov egasiga pochta orqali xat yuborriladi. Xatda qoidabuzarlik vaqti va joyi, avtomobil nomeri, bir necha fotosurat va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Avtoulov egasi jarimani bir yil mobaynida to‘lash huquqiga ega.
“Oxirgi oylar davomida qayd qilingan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha, bular 2500 ga yaqin, avtoulov egalari nomiga jarima xotlari tuzilgan. Tizim ishga tushirilgach, ular javobgarlikka tortiladi. Tizim ishga tushgani haqida xabar berilmadi degan shikoyatlar qabul qilinmaydi, chunki yo‘l harakati qoidalariga barcha doimo amal qilishi kerak, foto va video qiyd qilish vositalari o‘rnatilganmi yo‘qmi qatiy nazar”, — dedi suhbatdosh.
Shu bilan bir vaqtda yangi tizim YHX xodimlari sonini qisqartirishga olib kelmaydi, chunki ular IIV faoliyatining boshqa vazifalari yuklanadi. Misol uchun YHXning mast holda avtomobil boshqarish kabi boshqa qoidabuzarliklarini qayd qilishi mumkin.
Suhbatdosh ishonch bilan aytishiga qaraganda, Yo‘l Patrul xizmati xodimlariga ham ish ko‘payadi. Ular qoidabuzarlik amalga oshirib, jarima to‘lashdan bosh tortib yurgan haydovchilarni izlash va to‘xtatish bilan shug‘ullanandi.
Bundan tashqari, bugun Toshkentda 400dan ziyod boshqariladigan 7 mingga yaqin boshqarilmaydigan chorrahalar bor. Hammaga ish yetadi, deb so‘zini yakunladi IIV vakili.