Samarqand viloyati budjetidan 6,2 mlrd so‘m o‘g‘irlandi

© fotoliaQonun va odil sud ramzi
Qonun va odil sud ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokuratura tekshiruvi natijasida Samarqand viloyatida budjet mablag‘larini ishlatishda 19 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlangan. Ushbu ishlar yuzasidan 125 ta jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2015 yilda Samarqanda viloyatida 6,2 mlrd so‘m budjet mablag‘i maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi prokuratura tekshiruvidan keyin ma’lum bo‘lganligi haqida xabar bermoqda, “Samarkandskiy vestnik” gazetasi.

Prokuratura tomonidan o‘tkazlgan tekshiruvlar natijasida, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar, xususan ijtimoiy to‘lovlarni belgilash, oyliklarga qo‘shib yozish, o‘z vaqtida to‘lamaslk, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlarini banklar, javobgar shaxslar va tashkilotlar tomonidan o‘g‘irlash holatlari aniqlangan.

Budjet tashkilotlarini tekshirish vaqtida bir qator moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlandi. 2015-yilda bujdet mablag‘larini ishlatish borasidagi qoidabuzarliklar 16,5 mlrdni tashkil qildi, ulardan 2,2 mlrd so‘mi o‘g‘irlangan.

Viloyat hududidning turli joylarida, kerakli nazorat bo‘lmaganligi tufayli, ijtimoiy to‘lovlar va pensiyalarni to‘lashda bir qator qonunbuzliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Poyariq tumani pochta bo‘limi mansabdor shaxslari, ABK “Agrobankning” Chelak tumani filialidan 662 mln so‘m mablag‘ni olib, pochta bo‘limida ushbu mablag‘ni pensiya sifatida tarqatildi deb rasmiylashtirishgan. Aslida esa ushbu mablag‘ni o‘zlashtirib olishgan. Ushbu ishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘tgan yil damomida o‘g‘irlangan budjet mablag‘i Samarqand shahrida 1, 185 million so‘m,

Urgut tumanida 1,060 million so‘m, Pastdarg‘om tumanida 946,3 million so‘m, Qo‘shrabat tumanida 858 million so‘m, Poyariq tumanida 644 million so‘m, Ishtixon tumanida 614 million so‘m, Kattaqo‘rg‘on tumanida 521 million so‘m, Jomboy tumanida 420 million so‘mni tashkil qildi.

2015 yilda o‘tkazilgan mahala qo‘mitalari tekshiruvida kam ta’minlangan oilalarga yordam puli sifatida ajratilgan bujdet mablag‘idan 465,9 mln so‘m o‘g‘irlangani aniqlangan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan 2015 silda ushbu sohada 125 jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0