Turkiya TIV O‘zbekistonga nisbatan viza tartibi joriy etilishi haqidagi xabarni inkor qildi

Obuna bo‘lish
Anqara OAVlarda tarqalgan Turkiya tomonidan 1-iyundan 89 davlatga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham, viza tartibi joriy etilishi mumkinligi haqidagi xabarni rad etdi.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik.Mamlakatimiz 1-iyundan 89 davlatga viza tartibini joriy etishi haqida matbuotda tarqatilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi ”, — deb ta’kidlanadi hukumat rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda, kun.uz xabari asosida.

Ayni paytda vazirlik bunday tartib joriy etilishi mumkinligini butunlay inkor qilmay, kelajakda hal qilinadigan vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatib o‘tgan.

“Fuqarolarimizga Shengen vizasidan foydalanish imkoniyati berilishi uchun YeI bilan muzokaralar davom etmoqda, — deyiladi xabarnomada. – Davlatimizning uchinchi o‘lkalarga doir viza siyosati YeI bilan muvofiqlashtirilishi tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilganimizdan so‘ng hal qilinishi lozim bo‘lgan majburiyatdir”.

Rossiyada sanksiya qilingan mahsulotlarning yo‘q qilinishi. - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyalik eksportchilar Rossiya kiritgan sanksiyalar tufayli kasodga uchray boshladi

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Turkiya Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan viza tartibini yengillashtirish evaziga YeIga a’zo bo‘lmagan boshqa ko‘plab davlatlar bilan viza tartibi asosida kirib-chiqish siyosati olib borishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunday davlatlar sirasida, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg‘iziston tilga olingan edi. Ammo ushbu ma’lumot tasdiqlanmadi.

“Shu tariqa, hozirgi bosqichda o‘lkamiz 1-iyundan e’tiboran YeI bilan viza tartibidagi davlatlarga nisbatan vizalar joriy etishiga doir xabarlar to‘g‘ri emas”, — xulosa qiladi TIV matbuot xizmati.

2007 yilning 1-avgustida Turkiya bir tomonlama tartibda turistik maqsadlarda 30 kungacha muddatda Turkiyada bo‘ladigan O‘zbekiston fuqarolari uchun viza majburiyatini bekor qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0