TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Yamandagi “Chegara bilmas shifokorlar” kasalxonasiga havodan zarba berdi, Saada hududidagi manbaa Sputnik agentligiga bergan xabari asosida.
“Arab koalitsiyasi aviatsiyasi Zirix qishlog‘i yaqinidagi kasalxonaga zarba berdi. Uch kishi qurbon bo‘ldi, yaralanganlar ham bor”, — deb xabar berdi manbaa.
Keyinroq olingan xabarga ko‘ra, qurbonlar soni besh kishiga yetgan. Undan tashqari, Koalitsiya tomonidan Yamanning Saxar tumaniga ham yana ikki aviazarba berilgan.
“Chegara bilmas shifokorlar”ning Dubaydagi vakolatxonasi xodimi Xana Auda Sputnik agentligiga tashkilotning Yamandagi kasalxonasiga rostdan ham zarba berilganini tasdiqladi.
Yamanda hozirgi kunga qadar Xusiylar (shiya qo‘zg‘olonchilari) va sobiq prezident Hodiy tarafdorlari orasida harbiy ziddiyat davom etmoqda. Sobiq prezident Hodiyni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi qo‘llab quvvatlamoqda. Xususan ular, 26-martdan buyon Yamanning Xusiylar nazorati ostida bo‘lgan qismiga aviatsiya yordamida zarba berib kelmoqda.