TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. “Islom davlati” jangarilari Iroqning Mosul shahri yaqinida 80dan ziyod kishini qatl qilishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Iroqning Alsumaria telekanali xabariga asosoan.
Telekanal xabariga ko‘ra, Naynava viloyatidagi El-Gazlani harbiy lageri hududida ID jangarilari 80dan ziyod kishini qatl qilgan. Ular orasida harbiylar, politsiya xodimlari va ID mafkurasini qo‘llab-quvvatlamagan bir necha kishilar bo‘lgan. Jangarilar o‘z qurbonlarini josuslikda va Iroq hukumati bilan hamkorlikda ayblagan.
Iroqning katta shaharlari orasida ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Mosulni ID jangarilari 2014-yilning 14-iyunida qo‘lga kiritishgan. Iroq Bosh vaziri Er-Ramadida jangovor operatsiya tugatilganidan keyin Mosulni jangarilardan to‘liq ozod qilishga va’da bergan edi. Ushbu rejalar haqida Sputnik agentligiga Iroq armiyasining rasmiy vakili Yahyo Rasul so‘zlab bergan edi.