TOShKENT,9 yanv — Sputnik. Bugun, 9-yanvar kuni tong soat 4:02 da Toshkentda magnitudasi 3 balli yer qimirlashi qayd qilindi, O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra.
Ushbu yer qimirlashining episentri Toshkent shahridan 55 kilometr janubi-g‘arbda, Yangiyo‘l tumanida bo‘lgan. Yangiyo‘lda yer qimirlashi kuchi 3,6 ballni tashkil qildi.
Zarar ko‘rganlar haqida xabar berilmagan.