TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda, yangi YHX qoidalariga binoan, dvigatel hajmi 50 sm kubdan, yoki maksimal konstruktiv tezligi 50 km/soatdan oshiq bo‘lgan skuterlar, elektroskuterlar va kvadrotsikllar motosikklarga tenglashtirildi, gazeta.uz xabariga asosan.
IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev “Postda” gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, bu degani — yuqorida ko‘rsatilgan transport vositalari YHX xizmatida qayd qilinib, ularga davlat raqami beriladi. Ularni boshqarish uchun esa “A” toifasi ochiq bo‘lgan haydovchilik guvohnomasi kerak bo‘ladi.
“Avtomobill yo‘llarida kun sayin ko‘proq zamonaviy elektro skuter va kvadrotsikllar uchramoqda. Ularni boshqaruvchi shaxslar tomonidan ham YHX qoidalarini buzish holatlari qayd etilmoqda. Shuning uchun ham YHX qoidalaridagi “motosikl” tushunchasi ham kengaytirildi”, — dedi YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i X. Saydaliyev.
Oldin xabar berganimizdek, YHX qoidalarining yangi tahriri ushbu yilning 1-martidan kuchga kiradi.