Poytaxtdagi qutqaruv xizmatiga 2015-yil davomida 300 ming qo‘ng‘iroq bo‘lgan

Obuna bo‘lish
2015 yil davomida uy, lift ichida qamalib qolgan hamda boshqa noxush vaziyatlarga tushgan 365 nafar keksalarga zaruriy yordam ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Qutqaruv xizmati boshqarmasiga 2015-yilda yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda hamda “Keksalarni e’zozlash yili”da qariyalarning sog‘lig‘ini saqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor yordam ko‘rsatish to‘g‘risida boshqarma qutqaruvchilariga doimiy ravishda tegishli ko‘rsatmalar berib kelindi, xabar qiladi «Gazeta.uz».

Boshqarmaning qidiruv-qutqaruv guruhlari tomonidan 2015-yil davomida uy, lift ichida qamalib qolgan hamda boshqa noxush vaziyatlarga tushib kolgan 365 nafar keksalarga zudlik bilan zaruriy yordam ko‘rsatildi.

2015 yilda boshqarmaning “1050” telefon raqamlariga Toshkent shahar aholisi va mehmonlari tomonidan 295146 ta qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 1968 tasi yordam so‘rab murojaat qilgan. Ushbu raqamga kelib tushgan murojaatlar turiga qarab, Toshkent shahar kommunal tizimi xizmatlari, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan kerakli amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha ushbu xizmatlarning tezkor navbatchilariga xabar berilib, ular tomonidan avariyalarni tezlik bilan bartaraf etilishi nazoratga olinmokda.

Yangiliklar lentasi
0