TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Janubiy Koreya qirg‘og‘ida soatiga 55 km tezlikda harakatlangan Yaponiyaning yo‘lovchi kemasi o‘ziga yaqin masofada suzib borayotgan ulkan kitga to‘qnashib ketgan. Natijada, to‘rt kishi jarohat olgan, RIA Novosti Yaponiya va Janubiy Koreya OAVlari ma’lumotlari asosida.
Yaponiyaning tezurar "Beetle" kemasi Janubiy Koreyaning Pusan portidan yo‘lga chiqqan. Kema bortida 180 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
To‘qnashuv tufayli yuzaga kelgan silkinish oqibatida yiqilgan yo‘lovchilardan to‘rt nafari jiddiy jarohat olgan. Kemaning o‘ziga hech qanday shikast yetmagan bo‘lsa-da, ammo u ortga, Pusan portiga qaytgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.