TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Shimoliy Koreyaning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganligi haqidagi bayonoti Kreml vakillarini havotir olishga majbur qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, RIA-Novosti xabariga ko‘ra.
6 Yanvar 2016, 11:04
“Moskva Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganligi haqidagi xabarlardan havotir olmoqda”, — deb ta’kidladi u.
"Prezident Vladimir Putin barcha stansiyalar, shu jumladan seysmologik stansiyalar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarni ham chuqur o‘rganib chiqish haqida ko‘rsatma berdi. Agar sinov haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, holatni tahlil qilib chiqish buyurildi”, — ta’kidladi Peskov.