TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi Ikrom Nazarov Olma-Otaga jo‘nab ketdi, xabar beradi respublika Tashqi ishlar vazirligi.
Ma’lumot uchun, Ikrom Nazarov bungacha O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Muvaqqat ishlar vakili, maslahatchi lavozimida ishlagan.
" O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ikrom Nazarov 2016-yil 5-yanvar kuni Toshkentdan Olma-Otaga jo‘nab ketdi”, — xabar beradi mahkama.