Buxoroda 20ta tashkilot rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod etildi

Obuna bo‘lish
O‘n bir nafar rahbar o‘z vazifalarini to‘liq bajarmaganligi tufayli egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. 2015-yilda Buxoro viloyatida 20 ta viloyat tashkilotlari rahbarlari almashdi, deb hisobot berdi viloyat deputatlari Kengashi sessiyasida viloyat hokimi Muhiddin Esanov, «Gazeta.uz» xabari asosida.

“Rahbarlarning 11 nafari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaganliklari sababli egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatildi”, ta’kidladi hokim.

Muhiddin Esanov yangi 2016-yilda ham rahbar kadrlarga nisbatan talabchanlik ustuvor tamoyillardan biri bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0