O‘zbektelekom statsionar aloqa abonentlari uchun yangi tariflar joriy etdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishInvestitsiya kompaniyasi xodimi ishi
Investitsiya kompaniyasi xodimi ishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ctatsionar telefon abonentlari uchun 1-yanvardan boshlab yangi tariflar kiritildi. Ular “Shahar”, “Viloyat”, “Respublika” deb ataladi va cheklangan miqdorda shahar, viloyat va respublika bo‘ylab qo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga olgan.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston milliy telefon kompaniyasi yangi yildan boshlab statsionar aloqa abonentlari uchun yangi tariflar joriy qildi, kompaniya saytida xabar berilishiga ko‘ra

Unga ko‘ra, statsionar aloqa abonentlari uchun uch xil yangi qo‘shimcha  tariflar kiritiladi. “Shahar”, “Viloyat”, “Respublika” tariflari shahar, viloyat va respublika bo‘ylab, cheklangan miqdorda chiqish qo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga olgan. Yangi tarifga ko‘ra, Uzmobile va boshqa uyali aloqa kompaniyalar abonentlariga qilinadigan chiqish qo‘ng‘iroqlari turli xil baholanadi. Barcha kirish qo‘ng‘iroqlari bepul.

Oylik to‘lovi 10 ming so‘m bo‘lgan, “Shahar” tarifiga, shahar bo‘ylab va O‘zbektelekom abonentlariga — 1500 minut vaqt kiritilgan. Boshqa kompaniyalar uyali operatorlari nomerlariga 300 minut vaqt kiritilgan. Viloyat va respublika bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar kiritilmagan.

Oylik to‘lovi 15 ming so‘m bo‘lgan “Viloyat” tarifiga shahar, viloyat va O‘zbektelekom abonentlari nomerlariga 1500 minut, boshqa operatorlar nomerlariga 300 minut vaqt kiritilgan.

Oylik to‘lovi 25 ming bo‘lgan “Respublika” tarifiga shahar, viloyat, respublika bo‘ylab va O‘zbektelekom uyali aloqa abonentlari nomerlariga 1500 minut, boshqa operatorlar nomerlariga 300 minut vaqt kiritilgan.

Belgilangan hajmdan oshgan so‘zlashuvning har bir minuti shahar bo‘ylab – 9 so‘m, viloyat bo‘ylab 25 so‘m va respublika bo‘ylab 65 so‘mni tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0