TOShKENT, 5 yanv – Sputnik, Megi Kikaleyshvili. Gruziyadan Rossiyaga yo‘l olgan yuk mashinalari haydovchilari bir necha kundan beri Rossiya chegerasida Lars bojxona-o‘tkazuv punktini ochilishini kutib turishibdi, RIA Novosti “Rustavi 2” telekanali xabariga asosoan.
Telekanal muxbirlari va operatori, yomon ob-havo tufayli yuk avtomobillari to‘xtab qolgan joygacha yetib bora olishmagan. Ushbu ma’lumot mahalliy hukumat vakillari tomonidan hali taksdiqlanmangan.
4 kundan beri Gruziya tog‘larida kuchli qor yog‘moqda. Bu juda ko‘p muammolar chiqardi, 2 kun davomida Rossiyaga keluvchi asosiy yo‘lda transport qatnoviga cheklanishi natijasida 150 dan ziyod avtomobillar yo‘l tozalanishini kutib qoldilar. Havo harorati —17 gradusni tashkil qilardi.
Ko‘p qor yog‘ishi natijasida Adjar tumani aholisining bir qismi elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Shtorm xavfi e’lon qilinishi munosobati bilan Batumi shahri porti yopilgan, Kutaisi aeroportidan parvozlar to‘xtatilgan.
Gruziya Ichki Ishlar operativ boshqarmasiga ob-havo buzilishidan zarar ko‘rgan fuqarolardan yanvarning birinchi 4 kunida 700 dan ziyod qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi.