"O‘zbektelekom" 5-fevralga qadar internet yaxshi ishlamasligi haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
Kompaniya bir oy davomida hamkorlar tarmoqlarida profilaktika ishlarini olib boradi, shu bois mamlakat hududida internet faoliyatida ma’lum to‘xtashlar ro‘y berishi mumkin, deyiladi “O‘zbektelekom” saytida.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi o‘z tarmog‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlarini qamrab olgan katta telekommunikatsiyalar operatori hisoblanadi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanib, kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlari kanallarini ijaraga berish; xalqaro va shaharlararo aloqa; ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish barcha xizmat turlarini taqdim etadi; internetga ulanish, videokonferensaloqa va boshqalar..

Bundan tashqari, kompaniya davlat tuzilmalari va idoralari uchun eng katta telekommunikatsiya xizmatlari yetkazib beruvchi bo‘lib hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0