TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Moskvaning Timirazev sudi LDPR partiyasi yetakchisi sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish maqsadida sobiq Ittifoqning birinchi prezidenti Mixail Gorbachevdan Vladimir Jirinovskiy foydasiga 6 ming rubl tovon puli undirdi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Ma’lum bo‘lishicha, Gorbachovning siyosiy memuarlaridagi ikkita jumla Jirinovskiyni sudga murojaat etishga undagan. LDPR partiyasi yetakchisining so‘zlariga qaraganda, bu jumlalarda u ahloqsiz shaxs sifatida gavdalantirilgan.
Sudda Gorbachov nomidan ishtirok etgan vakil, bu jumlalarga shunchaki baho beruvchi mulohaza sifatida qaralishini talab qilgan.
Shunday qilib, sudya. LDPR partiyasi yetakchisining yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 1 million rubl tovon puli to‘lattirish talabini qisman bo‘lsa-da, ado etdi.
Sudya qororiga muvofiq, nashr qilingan ma’lumotlarga sud qarori haqida xabar qilish yo‘li bilan raddiya beriladi. Sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti esa Jirinovskiy foydasiga 6 ming 300 rubl miqdorida tovon puli to‘laydi.
Sudya “Gorbachevga hujum uyushtirgan” degan jumlani haqiqatan ham shaxs qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadi, deb topdi. Jirinovskiyning ekstremistik ma’no kasb etuvchi shiorlarni baqirishi haqidagi gap esa ma’naviy zarar sifatida tan olinmadi.