Ravshan Ermatov "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi

Obuna bo‘lish
Davlat rahbari farmoni bilan futbol arbitri Ravshan Ermatov «Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. 2015-yil 31-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ravshan Ermatovni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi, Gazeta.uz xabariga ko‘ra. 

“Mamlakatimizning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish, xalqaro maydonda o‘zbek futboli nufuzini oshirish, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Sayfiddinovich Irmatov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi farmonda.

Yangiliklar lentasi
0