O‘zbekistonda korxonalarni yopish tartibiga o‘zgarish kiritiladi

Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda davlat reyestrida tekshirish murakkabligi tufayli besh yil va undan uzoq muddatdan beri ishlamayotgan korxonalar ham bor.

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Respublikadagi bir qator vazirliklar korxonalar yopish tartibini takomillashtirish uchun choralar ishlab chiqara boshladi, Iqtisodiyot vazirligi vakili xabariga ko‘ra.

Hozirgi vaqtda amal qilayotgan kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarni yopish tartibi juda uzoq va bir necha murakkab bosqichlardan tashkil topgan.

“Agar korxona uch oy mobaynida bank hisob raqamlarida yoki olti oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati olib bormagan hollarda, amal qilayotgan qonunlarga binoan uni yopish jarayoni boshlanadi. Lekin bu jarayon albatta davlat tashkilotlari tomonidan tekshirishni nazarda tutadi. Aynan shu joyda turli qiyinchiliklar boshlanadi”, — dedi suhbatdosh.

Bugungi kunda davlat reyestrida besh yildan beri faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar ham bor. Ulargan nisbatan tekshiruv jarayoni hali beri tugatilmagani sababli ularni yopish va reyestrdan chiqarishning iloji yo‘q.

“Bu, birinchidan, tekshiruvlar bir necha kunga cho‘zilishi mumkin, ikkinchidan, ba’zan, tekshiruv natijasida  korxona rahbarlarini va mulkdorlarini aniqlashning iloji yo‘q bo‘lib chiqadi. Bu esa korxonani yopish imkonini bermaydi. Shu sababdan ham hukumat tomonidan sahaga taaluqli qonunlarni qayta ko‘rib chiqish taklif qilingan. Bu sohada, asosiy javobgarlik Davlat Soliq xizmati  zimmasiga yuklangan, — dedi mutaxassis.

Faoliyati to‘xtagan korxonalarni yopishning yangi jarayonini ishlab chiqish Davlat Soliq qo‘mitasi, Davlat Monopoliyadan chiqarish va raqobatchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirliklari ikki oy mobaynida Vazirlar mahkamasiga tayor takliflar kiritishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0