Eron Saudiya Arabistonini terrorchilarni qo‘llab quvvatlashda ayblamoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishEron TI vaziri Muhammad Zarif
Eron TI vaziri Muhammad Zarif - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shanba kuni Saudiya Arabistoni terrorchilikka aloqador 47 kishi qatl qilingani haqida xabar berdi. Ular orasida norozilik namoyishlari chog‘ida hibsga olingan, shiya targ‘ibotchisi Nimr an-Nimr ham bor edi.

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Eron TIV shiya targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning Saudiya Arabistonida qatl qilinishini qattiq qoraladi va ushbu arab mamlakati terrorchilarni qo‘llab quvvatlashda va o‘zlarining tanqidchilarini qatl qilishda aybladi. RIA Novosti Press TV xabariga asosan.  

Islom targ‘ibotchisi shayx Nimr an-Nimr Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 2012-yilda mamlakat sharqida o‘tkazilgan norozilik namoyishida qo‘lga olingan edi. 2014-yilda u mamlakatda tarqoqlik, qirolga bo‘ysunmaslik va terrorchilik tashkiloti tuzganlikda ayblanib o‘lim jazosiga mahkum qilingan edi.

Saudiya Arabistoni terrorchilikda ayblanayotgan 47 kishi qatl qilinganligini e’lon qildi. Ular orasida “Al-Qoidaning” Saudiya Arabistonidagi bo‘limlaridan birining rahbari Faris az-Zahroni va shiya targ‘ibotchisi an-Nimr bor edi.

Yangiliklar lentasi
0