Qirg‘izistonda qashshoqlar soni besh yil davomida 4,5 baravar kamaydi.

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishBishkek shahri ko‘rinishi
Bishkek shahri ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan bir vaqtda, eng kam ish haqqi ham 20% ga oshdi, Qirg‘iziston Mehnat va Ijtimoiy rivojlanish vazirligi xabariga asosan.

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Oxirgi besh yil davomida Qirg‘izistonda qashshoqlar soni 4,5 baravar kamaydi, Qirg‘iziston Mehnat va Ijtimoiy rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

2010 yilda Qirg‘izistonda davlat to‘ntirilishi yuz bergan edi. Uning natijasida sobiq prezident Kurbanbek Bakiyevning vakolati bekor qilngan edi.

“2010 yilda aholining 5,3 % qashshoqlikda yashar edi, 2015-yilda esa faqat 1,2 % aholi nochor ahvolda”, — dedi matbuot xizmati vakili.   

Uning so‘zlariga qaraganda respublikada eng kam ish haqi hajmi ham 20% ga oshdi va hozirgi kunda 1466 Somni (20 $) tashkil qiladi.  

Davlat ushbu davr ichida kafolatlangan oylik daromad miqdorini ham 2 baravarga oshiridi. Uning evaziga kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalar “bolalar yordam puli” olish huquqiga ega bo‘ladilar. Bugungi kunda, agar oilaning har bir a’zosiga oylik maosh 810 Somdan kam miqdorni tashkil qilsa, voyaga yetmagan bolalarga davlat yordam puli belgilanadi, deb izohlashdi matbuot xizmati vakillari.  

Ushbu davr mobaynida qashshoqlikda yashovchi Qirg‘izistonliklar soni ham 33,7 % dan 30,6 % ga kamaydi. Hozirgi paytda, Qirg‘izistonda, qashshoqlik chizig‘ini belgilovchi eng kam daromad oyiga 30 Dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0