Yangi yil oqshomi Fransiyada 804 avtomobilga o‘t qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Fransiyada Yangi yil oqshomi 804 avtomobilga o‘t qo‘yildi. Politsiya 600dan ziyod shubhali kishilarni qo‘lga oldi.

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Yangi yil oqshomi Fransiya huquqni saqlash organlari 622 shubhali shaxslarni qo‘lga oldi, RIA Novosti Frans Press xabariga asosan.

Fransiya Ichki Ishlar vaziri Bernar Kaznevning so‘zlariga qaraganda qo‘lga olingan shaxsardan 368 kishi vaqtincha qamoqqa olingan.

“Ushbu natijalar Fransiya huquqni saqlash organlari faoliyatining samaradorligini tasdiqlaydi”, dedi Bernar Kaznev.

Kaznev aytishicha, ushbu Yangi yil oqshomida Fransiya hududida 804 avtomobilga o‘t qo‘yilgan. Bu son qanchalik katta bo‘lmasin, o‘tgan yilgidan 14,5% ga kam. O‘tgan yil Yangi yil oqshomida 940 avtomobilga o‘t qo‘yilgan edi.

13 noyabrda bo‘lib o‘tgan teraktlardan keyin, Fransiya hukumati Yangi yil bayrami kunlari xavfsizlik choralarini jiddiy ravishda kuchaytirdi.

O‘tgan yil 13-noyabrda Parijda bo‘lib o‘tgan teraktlar oqibatida 130 kishi qurbon bo‘lgan edi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni ID terrorchi tashkiloti oldi.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0