O‘zbekistonda kichik yuk mashinalari uchun 70% aksiz solig‘i kiritildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishHyundai kichik yuk mashinasi
Hyundai kichik yuk mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi aksiz solig‘i to‘liq vazni 5 tonnadan kam bo‘lgan kichik yuk mashinalariga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu chora milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun kiritilgan.

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2016-yil 1-yanvardan boshlab kichik yuk mashinalari uchun import aksiz solig‘i kiritdi, juma kuni e’lon qilingan hukumat qaroriga muvofiq.

Mahsulot narxidan 70% miqdorlagi aksiz solig‘i O‘zbekistonga olib kirilayotgan, vazni 5 tonnadan kichik bo‘lgan, kichik yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan, deyilgan hujjatda.

Hozirgi vaqtga qadar ushbu turdagi avtotransport vositalari olib kirilganda, faqat mahsulot narxidan 30% miqdorda bojxona solig‘i va Qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lanar edi.

2015 yilning iyul oyida GM Uzbekistan MChJ Xorazm viloyatida Chevrolet Labo yuk mashnasiniishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Zavod quvvati – yiliga 5 min avtomobil.

Respublika Bojxona qo‘mitasi ta’kidlashiga ko‘ra, oxirgi 3-yil davomida O‘zbekistonga 16 mingga yaqin kichik yuk-mashinalari olib kirilgan. Ularning 95% Xitoy va Janubiy Koreyadan olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0