TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Permlik shifokorlar bir kun oldin o‘z bolalarini 9-qavatdan uloqtirgan va ularning ketidan o‘zi ham sakragan erkak hozir juda og‘ir ahvoldaligini ta’kidlashmoqda, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Ushbu hodisa Rossiyaning Perm shahrida 30-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Tergovchilar taxminiga ko‘ra, erkak derazadan avval 10 yashar qizini, so‘ng 9 yosh o‘g‘lini uloqtirgan va oxirida o‘zi sakragan. Fojeaga guvoh bo‘lganlar darhol favqulodda xizmat xodimlarini chaqirganlar. Erkak va bolalar zudlik bilan Perm shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Erkakka nisbatan “ikki bola hayotiga suiqasd qilish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
"Erkak va bolalar juda og‘ir ahvolda. Ular hali ham hushiga kelgani yo‘q” – xabar qiladi manba.
Hozirda tergovchilar voqea sababini o‘rganishmoqda. Qo‘shnilar, oila tanishlari so‘roq qilinyapti. Ma’lumotlarga qaraganda, oila huquqni muhofaza qilish organlarida ro‘yxatda turmagan.
"Erkak o‘n yil oldin miya jarohatini olgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda mutaxassislar bu uning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatganmi-yo‘qmi aniqlashmoqda” – o‘z xabarini yakunlad manba.