Noma’lum shaxs avtomobilda o‘zbek chegarachisini urib ketdi

CC BY-SA 2.0 / joepyrek / Uzbek borderO‘zbekiston respublikasi chegarasi.
O‘zbekiston respublikasi chegarasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nohush hodisa natijasida chegarachi jabrlangan. Jinoyat sodir etgan shaxs avtomobilni tashlab, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz chegarasida O‘zbekiston chegarachilari noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tilayotgan yukni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldilar.

Noma’lum shaxs qirg‘iz davlat raqamiga ega “Mersedes” avtomobilida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga kontrabanda yuk olib o‘tishga harakat qilgan, mamlakat huquqni saqlash organlari ma’lumoti asosida.

Mazkur hodisa Farg‘ona viloyati So‘x tumanida mahalliy vaqt bilan 02:30da ro‘y bergan. Chegarachilar jinoyatchini to‘xtatish maqsadida, havoga ogohlantirish tariqasida o‘q uzishgan. Jinoyatchi chegarachilar talabiga bo‘ysunmagan va mashinani to‘xtatmagan. O‘zini to‘xtatishga harakat qilgan chegarachini esa urib ketgan.

Manbaning so‘zlariga qaraganda, “Mersedes”ni to‘xtatish uchun, chegarachilar naradi harakatlanayotgan transportga qarata o‘q ochishgan. Natijada, noma’lum shaxs avtomobilni tashlab, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Avtomobilda 5,2 ming kilogramm jiyda aniqlangan.

Ayni vaqtda harbiy xizmatchining ahvoli og‘irligi ta’kidlanmoqda. Ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0