TOShKENT, 31 dek — Sputnik. 2016 yil 1-yanvarga kelib Yer shari aholisi qariyb 7,3 milliard kishini tashkil qiladi, AQSh aholi sonini ro‘yxatga olish Burosi ma’lumoti asosida.
Bir yil ichida dunyo aholisi 78 millionga yoxud 1,08% ga ortgan. 2016 yilning 1 yanvarida aholi soni 7 milliard 295 million 889 ming 256 kishini tashkil qilishi aniqlangan.
Aholi soni ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinda — Xitoy (1,367 milliard kishi) turishi aniqlangan. Undan so‘ng Hindiston (1,252 milliard) va AQSh, so‘ngra Indoneziya, Braziliya, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh turar ekan. Rossiya 142,423 million aholisi bilan 9 o‘rinni egalladi.