Turkiya va Saudiya Arabistoni Rossiyaga qarshi birlashmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘onning “ID” terrorchilariga qarshi shaxsiy koalitsiya tashkil qilgan davlat - Saudiya Arabistoniga safari davom etmoqda. Siyosatshunos Araik Stepanyan fikricha, Anqara va Ar-Riyod Moskvaga qarshi birlashmoqda.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik.  Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘onning “ID” terrorchilariga qarshi shaxsiy koalitsiya tashkil qilgan davlat — Saudiya Arabistoniga safari davom etmoqda, RIA-Novosti xabariga ko‘ra.

Ekspertlar ta’kidlashlaricha, Ar-Riyod  tuzgan alyans zamirida Rossiyaga qarshi siyosat yotganini ilg‘ab olish qiyinmas. Koalitsiya Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatini yo‘q qilishni bosh maqsad qilib olgan. Turkiya hukumati uchun esa bu ayni muddao.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va Turkiya strategik hamkorlik bo‘yicha Kengash tashkil qilish niyatida. Bu Anqara va Ar-Riyod o‘rtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarda muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

Geosiyosiy muammolar Akademiyasi prezidiumi a’zosi va mas’ul kotibi, siyosatshunos Araik Stepanyan Saudiya Arabistoni Rossiya va Turkiya munosabatlaridagi ziddiyatdan foydalanyapti, deya ta’kidlamoqda.

"Saudiya Arabistoni ittifoqdoshga muhtoj. Arab Amirligi, Bahrayn yoki Qatar singari mayda davlatlar bu rolga to‘g‘ri kelmaydi. Saudiya Arabistoniga katta harbiy kuch kerak. Sababi, mamlakat qurolli kuchlari harbiy muammolarni yechishga qodir emas. Shu bois, Saudiya Arabistoni Turkiya bilan do‘stlashib, o‘z ko‘nglini hotirjam qilib oldi. Turkiya bu borada o‘ziga ittifoqdosh ekanini u allaqachon fahmlagan. Saudiya Arabistoni rahbariyati va Turkiya davlati rahbarlari qo‘rquv iskanjasida, ularning xayolicha har burchakda “ruscha tahdid” yashiringan. Bundan tashqari, bu mamlakatlarning ichki siyosatida ziddiyatli muammolar juda ko‘p. Davlat rahbarlari o‘z rejimi kelajagidan havotirdaligi shubhasiz. Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi ziddiyatdan Erdo‘g‘on tahlikaga tushib qolgani kaftdek namoyon. Turkiya prezidenti Rossiya o‘ch olishidan qo‘rqapti. Shu bois ham, bu ikki davlat strategik ittifoq tuzishga qaror qildi”, — dedi Araik Stepanyan Sputnik radiosi efirida.

"Rossiya Suriyada olib borgan terrorchilarga qarshi kampaniyasida samaradorligini namoyon qildi. Shu bois, bu urushda Rossiya yetakchi rolga chiqib olishi ularni havotirga solyapti”, — hisoblaydi siyosatshunos.

Ammo Stepanyanning fikricha Turkiya va Saudiya Arabistoni hech qanday harbiy ittifoq tuza olmaydilar.  

"Fikrimcha, ular harbiy ittifoq tuzolmaydi. Turkiya — Nato a’zosi. Alyans tarkibiga kiruvchi mamlakatlar esa NATOga qo‘shilmagan davlat bilan harbiy ittifoq tuzishga haqli emas. Bordiyu Turkiya qurollangan mojaroga aralashib qolsa, o‘rtaga NATO tushishi kerak bo‘ladi. Bu yevropaliklarga zarilmi? Fikrimcha, yo‘q. Turkiya o‘ziga istagancha ittifoqdosh topishi mumkin, lekin ular orasida harbiy ittifoqdosh bo‘lmaydi”, — xulosa qildi Araik Stepanyan.

Yangiliklar lentasi
0