O‘zbekistonda iliq va yomg‘irli Yangi yil kutilmoqda

© Sputnik / StringerToshkent "bosh" archasi. Mustaqillik maydoni
Toshkent bosh archasi. Mustaqillik maydoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar aytishiga qaraganda bu yil O‘zbekistonda Yangi yil kuni qor yog‘ishi kutilmaydi, ob-havo odatdagi klimat normasidan 5-8 gradus yuqori bo‘ladi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekistonda hafta oxirigacha nisbatan issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Qor yog‘ishi kutilmayapti. Yangi yil bayramida havo harorati ushbu davr klimat normasidan 5-8 gradus baland bo‘lishi kutilmoqda.

“Yangi yil oqshomi va 1-2 yanvar kunlari respublikaning ba’zi tumanlarida yog‘ingarchilk bo‘lishi mumkin.Tungi temperatura + 5  +8 gradus, kunduzi bo‘lsa havo + 13 +18 gradus bo‘lishi kutilmoqda”, — dedi O‘zbekiston bosh sinoptigi Irina Zayseva, “Narodnoe slovo” gazetasiga.

Respublikaning ba’zi burchaklarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Sinoptiklar aytishiga qaraganda, iliq Yangi yil, ya’ni havo harorati 12 gradusdan  baland bo‘lishi, O‘zbekistonda har 4-5 yilda bo‘lib turadi.

Eng “issiq” Yangi yil Toshkentda 2010-yilda bo‘lgan. O‘shanda havo harorati + 18… +19 gradusni tashkil qilgan edi. Eng sovuq Yangi yil esa 2008-yilda bo‘lgan: Toshkentda sovuq harorati —10 gradusga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0