Benzin narxi 45 so‘mga oshdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishBenzin quyish shahobchasi.
Benzin quyish shahobchasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1-yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilg‘i, shuningdek, transport vositalari uchun mo‘ljallangan quyultirilgan va suyultirilgan gaz iste’moli uchun soliq narxi oshmoqda.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik.1-yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilg‘i, shuningdek, transport vositalari uchun mo‘ljallangan quyultirilgan va suyultirilgan gaz iste’moli uchun soliq narxi oshmoqda.

Prezidentning 22-dekabrda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq benzin, dizel yoqilg‘i va transport vositalari uchun gaz iste’molidan olinadigan soliqlarga yangi stavka belgilandi, «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra.

2016 yilning 1-yanvaridan benzin va dizel yoqilg‘i uchun soliq 45 so‘mga (1 litr uchun 290 so‘mdan 335 so‘mgacha), suyultirilgan gaz narxi — 30 so‘mga (1 litr uchun 200 so‘mdan 230 so‘mgacha) va quyultirilgan gaz — 35 so‘mga (1 kub metri 240 so‘mdan 275 so‘mgacha) oshadi.

Avtomobil yoqilg‘isi iste’moli uchun soliq uning chakana savdo narxiga kiritilgan. Hozirda 1 litr benzin narxi: Ai-80 — 2030 so‘m, Ai-91 — 2235 so‘m, Ai-95 — 2460 so‘m, dizel yoqilg‘i narxi — 2200 so‘mga teng.

Yangiliklar lentasi
0