TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Rossiyaning Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi Moskva shahar boshqarmasi "Google"ni reklama haqidagi qonunni buzganlikda ayblamoqda, muassasa saytida berilgan xabarga asosan.
Muassasaning Reklama nazorati xizmati xabar berishiga ko‘ra “Haydovchilik guvohnomasi. Sotib olish www.***.ru Rasmiy guvohnoma. Muddat va sifati kafolatlangan. Qo‘ng‘iroq qil!” mazmunidagi reklama matni Google AdWords xizmati tomonidan chop etilgan.
“Haydovchilik guvohnomasi sotish yoki sotib olish mumkin bo‘lgan mahsulot emas. Uni faqat qonun tomonidan belgilangan tartibda olish mumkin. Shuning uchun, bunday mazmundagi matn chop etish — reklama haqidagi qonunni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzishdir”, — deyilgan muassasa vakili Irina Gudkovanig xabarida.
Eslatib o‘tamiz, hozir Anti-monopoliya qo‘mitasi va Google orasida boshqa ish yuzasida ham sud jarayoni ketmoqda. Ushbu yilning sentabr oyida Qo‘mita “Google”ni, mobil operatsion sistemalar bozordagi yetakchiligidan foydalanib, Android marketda oldindan belgilangan dasturlar ro‘yxatiga asosan kompaniya ishlab chiqqan dasturlar joylashtirishda ayblagandi. Qo‘mita tomonidan Googlega 18-dekabrga qadar ushbu kamchiliklarni bartaraf etish topshirilgandi.
Google Qo‘mita qaroridan noroziligini bildirib va Moskva arbitraj sudiga murojaat qilgan edi.