Afg‘onistonda 20dan ziyod jangari yo‘q qilindi

Obuna bo‘lish
Mamlakat xavfsizlik kuchlari tomonidan bir qator provinsiyalarda terrorchilarga qarshi maxsus operatsiyalar o‘tkazildi. Operatsiya davomida uch nafar jangari hibsga olindi, qurol aslahalari zahirasi aniqlanib, olib qo‘yildi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tomonidan mamlakatdagi yetti provinsiyada o‘tkazilgan terrorchilarga qarshi maxsus operatsiyalar davomida 22 nafar jangari yo‘q qilindi, mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra.

"Nangarxar, Parvon, Farob, Kandog‘or, G‘azni, Hirot va Hilmand provinsiyalarida o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida 22 nafar qurollangan jangari yo‘q qilindi, 11tasi jarohatlangan, yana uchtasi hibsga olingan", — deyiladi xabarda.

Terrorchilarga qarshi operatsiyalar Afg‘oniston milliy armiyasi askarlari va Milliy xavfsizlik direktorat(NDS) hamkorligida o‘tkazilgan. Reyd davomida aniqlangan qurol-yarog‘lar zahirasi tortib olingan.

Afg‘onistonda so‘nggi oylarda vaziyat sezilarli yomonlashdi. Ilgari mamlakat qishloq va tumanlarining kattagina qismini egallab olgan “Tolibon” radikal harakati endilikda yirik shaharlarga hujumga o‘tgan. Sentabr oyi oxirida “Tolibon” jangarilari Shimoliy Afg‘onistondagi 300 ming aholi soniga ega bo‘lgan Qunduz shahrini bosib oldi. Hozirda ular G‘ozni va Qobul shaharlariga hujum uyushtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0