Rossiyada tekinxo‘rlar ma’muriy jazoga tortilishi mumkin

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishG‘alabaning 68-yilligiga bag‘ishlangan Kommunistik partiya mitingi
G‘alabaning 68-yilligiga bag‘ishlangan Kommunistik partiya mitingi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya aholisining 45% Jinoyat kodeksiga hech qayerda ishlamaydiganlar uchun majburiy mehnat jazosi kiritish tarafdori.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya fuqarolarining salkam yarmi – 45%, tekinxo‘rlikni ma’muriy jazolash tarafdori. Ularning fikriga ko‘ra, ishlashdan bosh tortayotgan fuqarolarni bir yilgacha majburiy mehnat jazosi bilan jazolash kerak, deyilgan Butunrossiya aholi fikrini o‘rganish markazi xabarida.

Rossiyaliklarning ko‘pchilligi, tekinxo‘rlik bu — to‘g‘ri keladigan ish bor bo‘la turib, ishlashdan bosh tortish, deb tushunadi. So‘ralganlarning 21% barcha ishsizlarni tekinxo‘r deb tushunadi, 8% esa — barcha birov hisobidan kun ko‘rayotganlarni.

Peterburglik deputatlar 2015-yil aprelida tekinxo‘rlarni jazolash haqidagi qonun uchn ovoz bergandilar.

Sobiq Ittifoqning Ma’muriy jinoyatlar kodeksida sobiq “Tekinxo‘rlik”bandi bor edi. Unga ko‘ra tekinxo‘rlarga bir yilgacha majburiy mehnat jazosi yoki ikki yilgacha qamoq jazosi berilar edi. 1991-yilda ushbu band bekor qilindi.

JKning ushbu bandini qaytarish uchun nafaqaxo‘rlarning 59%, kommunistik partiya a’zolarning 53%, qo‘llab quvvatlashmoqda.

So‘ralganlarning 46% ushbu qonunni qabul qilishga qarshi, lekin yana 45 % JKning tekinxo‘rlik bandi qaytarish tarafdori va 1-yil majburiy mehnat buning uchun yetarli jazo deb hisoblamoqda.

Jamiyat fikrini o‘rganuvchilar Rossiyaning 46 viloyatidagi 130 aholi punktidan 1600 nafar fuqarolarni so‘rovga tutdi. So‘rov xatosi ehtimoli 3,5% dan kam.

Yangiliklar lentasi
0