Janubiy Osetiya prezidenti respublika uchun yangi nom tanladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishJanubiy Osetiya rahbari Leonid Tibilov.
Janubiy Osetiya rahbari Leonid Tibilov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Osetiya prezidenti Leonid Tibilov respublika nomini Janubiy Osetiya-Alaniya deb o‘zgartirish masalasini muhokamaga qo‘ydi. Fikr ko‘pchlilik tomonidan ma’qullansa, u parlamentga taqdim etiladi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Janubiy Osetiya prezidenti Leonid Tibilov respublika nomini Janubiy Osetiya-Alaniya deb o‘zgartirish masalasini muhokamaga qo‘ydi. Fikr ma’qullansa, u to‘ldirilish uchun mamlakat parlamentiga yuboriladi. Yil yakuniga bag‘ishlangan matbuot-anjumanda davlat rahbari o‘zga xalqlar tomonidan “osetinlar tarixini” o‘zgartirishga harakat qilinishiga toqat qilinmasligini ma’lum qildi, Sputnik Ossetia xabariga ko‘ra.

Tibilov fikriga ko‘ra, mamlakat nomiga "Alaniya" so‘zini qo‘shish shart. Ayni paytda masala prezident ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Agar bu fikr ko‘pchilikka ma’qul kelsa, u kam-ko‘stini to‘g‘rilash uchun parlamentga taqdim etiladi.

Bir muddat oldin Janubiy Osetiya rahbari matbuot-xizmati Tibilov respublika Rossiya tarkibiga kirishi masalasini referendumga qo‘ymoqchi ekanligini xabar qilgan edi. Prezident Sxinvalda Vladimir Putin yordamchisi Surkov bilan uchrashuvda “Rossiya bilan birlashuv janubiy osetiya xalqining asriy orzusi” ekanligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0