TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi “Ijtimoiy fikr” markazi “O‘zbekiston: jamoatchilik fikri-2015” ijtimoiy tadqiqotini o‘tkazdi. Unga ko‘ra, jamoatchilik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotini yuqori baholashgan.
So‘rovnomaga muvofiq, 90,8% fuqaro uchun joriy yil samarali kelgan. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holat jamoatchilida qoniqish hissini uyg‘otgan.
Respondentlarning aksariyati, buning boisini yashash tarzi yaxshilangani, ertangi kunga ishonch ortgani bilan izohlaganlar.
Respondentlarning 60% — o‘z shaxsiy avtomobiliga egaligini ta’kidlashgan bo‘lsa, 80% dan ortig‘i — zamonaviy va boshqa uzoq muddat foydalanish mumkin bo‘lgan texnikaga ega ekanliklarini aytganlar. So‘rovnomada qatnashganlarning 90%dan ortig‘ida o‘z turar joyiga ega ekanligi qayd etilgan.
So‘rovnoma butun mamlakat regionlari bo‘ylab o‘tkazilgan. Unda turli ijtimoiy qatlam – davlat xizmatchilari, tadbirkorlar, fermerlar, talabalar, ishchilar, ayollar va erkaklar, yoshlar, nafaqa yoshdagilar, turli millat va diniy konfessiya vakillari ishtirok etishgan.