OAV: AQSh “Islom Davlati” rahbarlarini Iroqdan olib chiqib ketmoqda

© Ethiopian press"Islom Davlati" jangarilari.
Islom Davlati jangarilari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq ko‘ngilli qurolli kuchlari qo‘mondoni AQSh “Islom Davlati” yetakchilarini Iroqdan olib chiqib ketayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. "Amerika “Islom Davlati” terrorchilik guruhi yetakchilarini Iroqdan olib chiqib ketapti", deydi Iroq ko‘ngilli qurolli kuchlari qo‘mondoni, RIA-Novosti, Fars agentligi xabariga ko‘ra.

Anbar provinsiyasi Ar-Ramadi va Al-Falujja tumanlarida o‘tkazilayotgan operatsiyalarning bir oz muddatga to‘xtashi Qo‘shma Shtatlar aralashuvi bilan bog‘lanmoqda.

“Amerika “ID” boshliqlarini vertolotlar yordamida noma’lum yo‘nalishda olib chiqib ketmoqda, — deydi ko‘ngilli harbiylar qo‘mondoni Xaydar al-Xussayn al-Ardavi.

Iroq harbiy kuchlari Ar-Ramadini ID jangarilaridan tozalashda davom etishayotgani ta’kidlanmoqda. Ushbu operatsiya yordamida ikki yuz nafarga yaqin terrorchi yashiringan deb gumon qilinayotgan shahar markaziy qismiga yo‘l ochilishi rejalashtirilgan.

Ar-Ramadi “ID” jangarilar tomonidan joriy yilning may oyida bosib olingan. Iroq ko‘ngilli Qurolli kuchlari seshanba kuni shaharni terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha harbiy operatsiyani boshlagan ediAr-Ramadi “ID” jangarilar tomonidan joriy yilning may oyida bosib olingan. Iroq ko‘ngilli Qurolli kuchlari seshanba kuni shaharni terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha harbiy operatsiyani boshlagan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0