TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Kelasi yilda O‘zbekiston va Rossiya 2016-2018 yillarda madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalarda Hamkorlik dasturi imzolashga kelishib olishdi, Rossotrudnichestvo vakili xabariga ko‘ra.
Rossotrudnichestvo vakilining fikriga ko‘ra ushbu hujjat mamlakatlar orasida gumanitar, strategik va ittifoqchilik munosobatlarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.
“Misoli sifatida, ushbu yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan g‘alabaning 70-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan bir qator tadbirlarni keltirish mumkin. Ular qatorida Rossiyalik madaniy tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan mavzuyiy anjumanlar, G‘alabaga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, bayram konsertlari, 60 mingga yaqin tasma tarqatilgan “Georgiy tasmasi” tadbiri”, — dedi suhbatdosh.
Undan tashqari O‘zbekistonlik veteranlar Moskva va Sankt-Peterburgda o‘tgan, davlatlararo “Birlik bilan erishilgan buyuk G‘alaba” va G‘alaba namoyishi qatnashishdi.
Rossotrudnichestvo vakili xabariga ko‘ra boshqa tarixiy sanalar ham e’tiborlan chetda qolmadi. 2015-yilda O‘zbekistonda rus shoiri Sergey Yesenin tavalludining 120-yilligi, Konstantin Simonovning 100-yilligi, buyuk kompozitor Georgiy Sviridovning 100-yilligi va albatta, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rus rassomi, Qoraqalpog‘iston Davlat San’at muzeyi asoschisi Igor Saviskiy tavalludining 100-yilligi nishonlandi.
O‘zbekiston aholisi orasida Rossiya madaniy vakolatxonalari tomonidan o‘tkazilayotgan Maslenitsa, Slavan yozuvi kuni kabi rus milliy bayramlari, Sabantuy tatar milliy bayrami va Boshqir milliy an’analari festivali kabi tadbirlar katta qiziqish uyg‘otmoqda.