TOShKENT, 27 dek — Sputnik. “Qurdiston ozodlik lochinlari” (TAK) guruhi Turkiyada yangi terrorchilik hujumlarini uyushtirishini aytib, po‘pisa qilmoqda, RIA Novosti, Independent gazetasi ma’lumoti asosida.
Terrorchilik guruhi bundan sal oldin Istanbul aeroportida ro‘y yuz bergan portlash uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olgan edi.
Independent gazetasida yozilishicha, TAK endilikda “yangi terrorchilik hujumlari”ni amalga oshirish bilan po‘pisa qilmoqda.
Turkiyadagi vaziyat “Islom Davlati” terrorchilik uyushmasi tomonidan Suruch tumanida amalga oshirilgan teraktdan so‘ng birdan ziddiylashgan edi. Terakt natijasida 33 qurd faoli o‘ldirilgan. 200 nafarga yaqin politsiyachi, harbiy va jismoniy shaxslar Qurd jangarilari qurboniga aylanganlar.