TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov dunyoning eng yaxshi referisi unvonini qo‘lga kiritdi. Bu haqda tanlov tashkilotchisi Globe Soccer Awardsning Tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Ravshan Ermatov 2014-yil 9 ta uchrashuvda hakamlik qilib, dunyo rekordini o‘rnatgani uchun jahon futbolining eng istiqbolli arbitrlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi yakshanba kuni Dubayda o‘tkazildi. G‘oliblar mashhur futbolchi va murabbiylardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan aniqlangan.
Yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Lionel Messi e’tirof etildi. “Eng yaxshi klub” — "Barselona" bo‘lgan bo‘lsa, yakunlanayotgan yilning eng yaxshi murabbiyi deb Mark Uilmots tan olindi.