Atambayev Qirg‘iziston prezidentligi necha pul turishini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev.
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston rahbari o‘ziga voris tayyorlamasligi haqida gapirar ekan, “bu lavozimni egallash uchun aytilgan pulni berishga tayyor kishilar ko‘pligini” ta’kidladi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik, Yuliya Orlova. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘ziga o‘rinbosar tayyorlash niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Ammo mamlakat himoyasi uchun konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritmoqchiligini ma’lum qildi.

"O‘rnimga voris tayyorlamoqchi emasman. Prezident xalq tomonidan saylanishi kerak", — dedi Qirg‘iziston rahbari 2015-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Atambayev, shuningdek, kelajakda Bosh vazir yoki spiker bo‘lish niyati yo‘qligini aytib o‘tdi. “Ayni paytda ikki yildan so‘ng o‘tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik ketapti. Ammo hukumatni egallash uchun istalgan pulni berishga tayyorlar ham ko‘p”, — ta’kidladi u.

Atambayevning fikricha, sobiq prezident Qurmanbek Boqiyev tarafdorlari hukumat rahbarligiga qaytib, davlatni o‘marishni davom ettirmoqchi. “Bu juda xatarli. Mamlakatni ularga o‘xshaganlardan himoyalash kerak.Eslab ko‘ring, besh yil oldin mamlakatda jurnalistlarni osonlikcha urib yoki o‘ldirib ketish mumkin edi. Ana shunday kimsalar bugun hukumat tepasiga qaytishni rejalashtirapti”, — dedi Atambayev.

U shuningdek, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishini ma’lum qildi. “Mamlakat boshqaruv shaklini tanlab olish lozim. U prezidentlik yoki parlament boshqaruvi bo‘lishi mumkin. Agar parlament bu islohotlarimni qo‘llab-quvvatlamasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa murojaat qilaman”, — dedi u.

Prezident shuningdek, “saylovlar chetdan kelayotgan pul evaziga o‘tkazilishi hech kimga sirmas”ligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, mamlakatga ikki milliard dollar kiritilgan.

Prezident terrorchilar safida jang olib borayotganlarni fuqarolikdan mahrum qilishini aytdi. “"ID” safiga Qirg‘izistondan borib qo‘shilganlar 500ga yaqin. Bu jiddiy muammo. Fuqarolarimizning terrorchilar safiga qo‘shilganimas, balki, ular mamlakatga qaytib kelayotgani yomon. Terror yo‘lini tanladimi, ularga ortga yo‘l yo‘q. Ammo Konstitutsiyaga muvofiq, hozircha hech kimni fuqarolikdan mahrum qilolmaymiz. Buni o‘zgartirishimiz kerak”, dedi Atambayev.

 

Yangiliklar lentasi
0