TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Yandeksning sobiq xizmatchisi Dmitriy Korobov qidiruv tizimining boshlang‘ich kodi va qidiruv algoritmlarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi. Sobiq xodim kompaniya intellektual mulkini 25 ming dollar va 250 ming rublga sotmoqchi bo‘lgan, RIA Novosti "Kommersant"gazetasiga asoslanib xabar bermoqda.
“Yandeks” ta’kinlashicha, “Yandeks.Poisk” qidiruv tiziming boshlang‘ich kodi va qidiruv algoritmlarining asl narxi bir necha milliard rublni tashkil qiladi. "Yandeks" ushbu boshlang‘ich kodni “kompaniyaning hal qiluvchi qismi” deb baholaydi. Uni yo‘qotish kompaniya reputatsiyasini yo‘qotish, moliyalashini kamaytirish va yillar davomida sudlashishga olib kelishi mumkin.
Korobov noqonuniy yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zining yangi biznesiga ishlatmoqchi bo‘lgan, lekin sotish vaqtida FXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Korobovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish, yaqinda Moskva shahar, Tushino tuman sudida bo‘lib o‘tdi. Korobovni “tijorat siri bo‘lgan ma’lumotni noqonuniy ravishda olgani va uni tarqatgani uchun" 2-yil shartli qamoq jazosiga mahkum qilindi.