Qorbobo bolalardan olgan eng antiqa maktubni o‘qib berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishQorbobo va Qorqiz.
Qorbobo va Qorqiz. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada har yili Qorbobo va Qorqiz ishtirokida anjuman o‘tkaziladi. Qorbobo bu yil bolalardan olgan eng antiqa maktub haqida gapirdi. Qorqiz esa Yalmog‘iz kampirdan xat olganini aytdi.

 

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiyaning Bosh Qorbobosi bolalardan har yili 3 millionga yaqin maktub oladi.

“Bolalar avgust oyidan boshlab menga xat yozishni boshlaydilar. Bu yilgi maktublarda ular ko‘proq tinchlik va baxt so‘rashgan. Sovg‘a so‘raganlar kamchilikni tashkil qiladi”, — o‘rtoqlashdi Qorbobo chorshanba kuni o‘tkazilgan anjuman davomida.

Qorboboning so‘zlariga qaraganda, bolalar o‘z maktublarida ko‘pincha telefon, planshet va kompyuter so‘rashadi. "Kulgili mazmundagi xatlar ham uchrab turadi. Mana misol uchun: Qorbobojon, sening borligingga ishonmasam ham, lekin menga iPhone 6 sovg‘a qilishingni juda-juda xohlayman", — o‘qib berdi sehrgar.

Qorqiz ham o‘z nomiga kelgan antiqa maktub haqida esladi. Maktub mazmuni quyidagicha: “Qorqiz, seni baribir topaman! Yalmog‘iz”.

 

Yangiliklar lentasi
0