Yilning eng mashhur iboralari

Obuna bo‘lish
2015 yil "janjal va adovatlar" yili bo‘ldi, Rossiya va Turkiya to‘qnashuvini esa eng xavfli geosiyosiy ziddiyat sifatida qayd etish mumkin, yozadi Amerika gazetasi.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Amerikaning Washington Post(WP) gazetasi dunyo rahbarlari iboralarini e’lon qildi. Gazeta xodimlari fikriga ko‘ra, ushbu iboralar tugab borayotgan yilda ro‘y bergan eng shov-shuvli hodisalarni o‘zida to‘liq aks ettiradi.

"Alloh Turkiyani boshqarayotgan rahbarlarni jazolash maqsadida, ularni ong va idrokdan mahrum qilgan ko‘rinadi”. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Su-24 mojarosi yuzasidan bildirgan ushbu fikri 2015-yilning eng muhim iborasi sifatida tan olindi.

"Anqara o‘z hatti-harakati bilan o‘tmishda regionda katta nufuzga ega bo‘lgan ikki davlat o‘rtasida “so‘z jangi”ni ochib berdi, deb yozadi WP.  

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onning “Men bu kursini bo‘shataman” degan gapi ham eng yorqin iboralar qatoridan joy oldi. Erdo‘g‘on Rossiyaning “Turkiya “ID”terrorchilaridan neft sotib oladi” degan aybloviga javoban, agar bu isbotlansa, shu zahotiyoq iste’fo berishini butun dunyoga ma’lum qilgan edi.

WP fikricha, butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilayotgan “ID” terrorchilariga qarshi kurash yilning eng dolzarb mavzusiga aylandi. Shu asnoda, nashr, prezident Fransua Ollandning “Fransiya urush yoqasida turibdi” degan iborasini keltirib o‘tadi. Mamlakat yetakchisi bu iborani 130 inson umriga zomin bo‘lgan Parijda amalga oshirilgan bir qator teraktlardan so‘ng aytgan edi.

Yana bir yirik ko‘lamdagi muammo – Yevropadagi migratsiya inqirozi – Germaniya kanslerining “Biz buni uddalaymiz!” iborasida o‘z aksini topdi. Merkelning iloji boricha ko‘proq qochoqlarni qabul qilishga qilgan harakati, garchi, nemislar tomonidan iliq qarshi olinmagan bo‘lsa-da, ammo, kansler aynan shu ishi uchun “Yil odami” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, eng yorqin iboralar ro‘yxatiga AQSh prezidenti Barak Obama, Suriya rahbari Bashar Asad, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron va boshqa davlat rahbarlari tomonidan aytilgan fikrlar kiritilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0