TOShKENT, 23 Dek – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston TIV vakillari uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar berdi muassasa matbuot xizmati.
O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi vakillari o‘zlarining Tojikistonlik hamkasabalari bilan uchrashadi. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvdan maqsad — siyosiy maslahatlar o‘tkazish.
Uchrashuv 24-25 dekabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
16 dekabr kuni O‘zbekiston va Tojikiston TIVlari belgilangan uchrashuvni e’lon qilinmagan sabablarga ko‘ra bekor qilingan edi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, yaqin qo‘shni bo‘lgan, O‘zbekiston va Tojikiston munosobatlari bir nech yil davomida, murakkab va sovuq bo‘lib kelgan edi. Lekin, oxirgi paytlarda, ushbu munosobatlarda biroz iliqlik sezilmoqda. 2015-yilda ikki mamlakatning tadbirkorlarining bir necha uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston, Dushanbeda Savdo uyi ochish rejasi boriligini ham ma’lum qilgandi.