MOSKVA, 22 dek, «Rossiya segodnya» Xalqaro Axborot Agentligi matbuot-xizmati – “Rossiya segodnya” maxsus fotomuxbiri Andrey Stenin tavallud kuni munosabati bilan fotomuxbir xotirasiga bag‘ishlangan, xalqaro yosh fotomuxbirlar tanloviga ijod namunalarini qabul qilish boshlandi.
Tanlov "Rossiya segodnya" XAA tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, Rossiyaning YuNESKO ishlari bo‘yicha tuzilgan Komissiya rahbarligida o‘tkazilmoqda.
2016 yil YuNESKO tomonidan “Umumjahon tushunish yili” deb e’lon qilindi. Tanlov tashkilotchilari ham unga hamohang tarzda tanlovning bosh mavzusini “Jahonni tushunish” deb nomladilar.
Tanlovda qatnashishni istaganlar o‘z arizalarini stenincontest.ru saytiga 2016-yilning 22-mart sanasiga qadar yuborishlari mumkin. Tanlovda 18 dan 33 yoshgacha bo‘lgan fotosuratchilar ishtirok etishlari mumkin.
Moskvada o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida tashkilotchilar 2016-yilgi tanlovning hakamlar hayatini tanishtirib o‘tdilar. Ular orasida dunyo miqyosida tan olingan foto va art-ijodkorlar ham bor: Olga Sviblova Art Muzey multimediya asoschisi (Moskva fotosuratlar uyi), Rossiya Badiiy Akademiyasining haqiqiy a’zosi (Rossiya); Yuriy Kozirev, fotojurnalist (Rossiya); Rut Ayxxorn, GEO jurnali foto-muharriri (Germaniya); Deni Paken, The Associated Press agentligi foto-xizmati rahbari o‘rinbosari (AQSh) va boshqalar.
2016 yilgi fototanlovda yosh suratchilar o‘z kuchlarini quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha sinab ko‘rishlari mumkin: «Mening vatanim», «Dunyo ranglari. Hayot garmoniyasi», «Portret. Zamonamiz qahramoni», «Asosiy xabarlar» va «Sport». Tanlov shartlari haqida to‘liq ma’lumot – stenincontest.ru saytida joylashtirilgan.
"Rossiya segodnya" birlashgan foto-axborot direksiyasi rahbari Aleksandr Shtol: «Bu yil hay’at a’zolari safidan turfa fotosuratchilar maktabi vakillari o‘rin oldilar. Ular yosh ijodkorlarning ishlariga serqirra baho beradilar, bunga ishonchim komil. Turli nominatsiyalar esa tanlov ishtirokchilariga fototarixlarda muammolarni keng qamrovda ko‘rsatib berish imkonini beradi”.
Andrey Stenin nomidagi xalqaro fotojurnalistika tanlovining maqsadi: yosh fotosuratchilarni qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik e’tiborini zamonaviy fotojurnalistika masalalariga qaratish. Tanlov –fotojurnalistika sohasida yangi nomlarni kashf qiladigan, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, fotojurnalistika yuqori standartlarini saqlab qolishda yordam beradigan, Rossiyada va butun jahonda hujjatli fotosuratlar mezoni sifatini shakllantiradigan Rossiyadagi yagona maydondir.
Tanlovning sovrin fondi: birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun — 50, 35 va 25 ming rubl; Gran-pri sohibi — 500 ming rubl bilan taqdirlanadi.
2015 yil tanlovda 5000ga yaqin ijod namunalari bilan 54 davlatdan yosh fotosuratchilar ishtirok etdilar. Tanlov geografiyasi 4 mintaqani o‘z ichiga qamrab oldi. Shu jumladan, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Yaqin Sharq, Hindiston va janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan ham ishtirokchilar qatnashishdi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Moskvada o‘tkazildi. Ularning ijod namunalari Rossiya va chet eldagi ko‘rgazma maydonlarda keng ommaga namoyish etildi.