Nemislar migratsiya inqirozida AQSh yetarli darajada yordam bermayotganidan norozi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSputnik xalqaro axborot agentligi poviloni
Sputnik xalqaro axborot agentligi poviloni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qochqinlar muammosini yechishda AQSh tomonidan taklif qilingan yordam taklifini Yevropaliklar yetarli emas deb hisoblaydi.

TOShKENT, 22 dek, Sputnik Matbuot xizmati. Sputnik.Mneniya uchun Britaniyada ommaviy bo‘lgan Populus izlanishlar kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra – Germaniyaning 71 % aholisi, AQShning 2017-yilga qadar yiliga 100 ming qochoq qabul qilish haqidagi taklifi — yetarli yordam emas, deb hisoblaydi. AQShda bo‘lsa so‘ralganlarning 85% buni yetarli, hatto keragidan ham ortiqcha deb hisoblaydi.

“AQSh tomonidan taklif qilingan, 2017-yilga qadar yiliga 100 ming qochqin qabul qilish haqidagi yordam taklifi yetarlimi”, — deyilgan savolga Sharqiy Yevropaning 54% respondentlari, va G‘arbiy Yevropaning 45% respondentlari – yetarli emas deb hisoblaydilar. Alohida mamlkatlar orasida Vengriya – 63%, Bolgariya – 62% va Polshaning – 47% aholisi AQSh yordamini yetarli emas deb hisoblaydi.

AQSh yordamini yetarli deb hisoblaydiganlar soni Fransiyada ko‘pchillikni tashkil qiladi – 54%, Buyuk Britaniya va Chexiyada bundaylar – 51 % va 46 % ni tashkil qildi.   

So‘rov Populus kompaniyamsi nomidan 2015-yil oktabr oyia o‘tkazildi. So‘rovda umuman 8000 kishi qatnashdi. So‘rov Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Bolgariya, Vengriya, Chexida va Polshadan 1000 kishi ishtirokida o‘tkazildi. So‘ralgan aholi jinsi, yoshi, turar joyiga qarab belgilangan. Mamlakat bo‘yicha ishonchlilik intervali +/- 3,1 % ni, ishonchlilik ehtimoli esa 95 %ni tashkil qildi.  

Sputnik.Mneniya loyihasi haqida

Jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan ushbu xalqaro loyiha 2015-yil yanvarida o‘z ishini boshladi. Sputnik. Mneniyaning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha hamkori Britaniyaning Populus izlanishlar korxonasi. Sputnik. Mneniya doimiy ravishda AQSh va Yevrpa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.   

Sputnik (sputniknews.com) – xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, analogli va raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi.

Sputnik.Mneniya o‘tkazgan boshqa izlanishlar bilan ham tanishing:

Yevropa va AQSh aholisi muqobil nuqtayi nazar eshitishga tayor:  http://sputniknews.com/agency_news/20150519/1022279471.html

Amerikaliklar va Yevropaliklar shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishidan qo‘rqadi:http://sputniknews.com/us/20150602/1022839476.html

So‘rov Yevropada oppozitsion partiyalarning ommaviyligini ko‘rsatdi: http://sputniknews.com/agency_news/20150616/1023416165.html

Yevropaliklarning uchdan biri NATO o‘rniga YeI armiyasi kelishi kerak, deb hisoblaydi:http://sputniknews.com/art_living/20150630/1024020681.html

Afroamerikaliklar ko‘proq o‘ldiriladi:http://sputniknews.com/agency_news/20150714/1024560652.html

AQSh va Yevropa OAVlari siyosatchilar va yirik biznesga tobe — so‘rov:http://sputniknews.com/agency_news/20150825/1026140926.html

Sharqiy Yevropa qochqinlarni qabul qilishga qarshi: http://sputniknews.com/agency_news/20151027/1029155135/Eastern-Europe-Bucks-Against-Accepting-Refugees.html

Sputnik.Mneniya: NATO bazalarini ochish Yevropa xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi:http://sputniknews.com/agency_news/20151110/1029851579/europe-nato-presence-poll.html

Terrorchilik xavfi Yevropada qochqinlar inqirozini kuchaytiriadi: http://sputniknews.com/agency_news/20151124/1030607316/europe-refugee-crisis-terrorism-threat.html

Yevropa va AQSh aholisi Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi:http://sputniknews.com/agency_news/20151215/1031760791/us-europe-support-russia-in-syria-poll.html

Yangiliklar lentasi
0