TOShKENT, 21 dek — Sputnik. GM Uzbekistan birinchi Chevrolet Aveo avtomobilini 2016-yilning may oyida ishlab chiqaradi, xabar beradi RIA Novosti "O‘zavtoishlabchiqarish” AJ ma’lumoti asosida.
Hozirda korxona o‘n ikki turdagi avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. Bular: Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra va Malibu sedanlari, kamlitrajli Matiz va Spark avtomobillari, Captiva jipi, Orlando miniveni, Damas mikroavtobusi va uning o‘zgartirilgan shakli — Labo.
Korxonaning avtomobil ishlab chiqarishi hajmi yiliga 250 ming avtomobilni tashkil qilmoqda.