IIV yolg‘on, shov-shuv xabarlar tarqatishga qarshi kurashmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishIjtimoiy tarmoq sahifasi
Ijtimoiy tarmoq sahifasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV Terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi rahbari O‘ktam Murodovning so‘zlariga qaraganda, yolgon shov-shuv gaplarni, o‘z hatti-harakati bilan aholi orasida vahima va qo‘rquv tarqatayotganini tushunmagan odamlar, tarqatmoqda.

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. O‘zbekiston IIV axborot tarqatish sohasida xavfsizlikni kuchaytirmoqda. Xususan, asossiz shov-shuvlarni tarqatish borasida, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.  

“Ijtimoiy tarmoqlar, internet-messenjerlar va internet-telefoniya xizmatlarida yolg‘on xabarlar tarqatishni holatlarini aniqlash va ularni oldini olish borasida ish olib borilmoqda”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

“Kimdir Toshkentda IDning qora bayrog‘ini osib ketganligi, yoki avtomobillar turar joyida portlovchi moddalar bilan to‘liq mashina topilganligi haqidagi g‘iybatlar, o‘z qilmishi bilan aholi orasida qo‘rquv va vahima tarqatayotganidan bexabar odamlar tomonidan tarqatilmoqda”, — dedi O‘zbekiston IIVning Terrorchilikka qarshi kurash  Boshqarmasi rahbari O‘ktam Murodov.

Uning so‘zlariga qaraganda, jamoatchilik tinchligiga qarshi qaratilgan, bunday g‘iybatlar tarqatishga qarshi qattiq choralar ko‘riladi.  

IIV vakilinng so‘zlariga qaraganda “Respublikada tinchligiga hech qanday xavf yo‘q va jinoyatchilik ishonchli nazorat ostida”.

Vazirlik xabariga ko‘ra, huquqni saqlash organlari va mahalliy hukumat vakillari chet elga safarga otlangan fuqarolar bilan uchrashib, ularga O‘zbekiston tinchligiga xavf solayotgan, dunyodagi terrorchi va ekstremistik tashkilotlar haqida ma’lumot berishmoqda.

Yangi yil bayrami oldidan ham O‘zbekistonda jamoat joylarda tinchlikni saqlash borasida bir qator choralar ko‘rilgan. Xususan, odam gavjum joylarda IIB va jamiyat tashkilotlari vakillaridan tashkil qilingan guruhlar navbatchiligi tashkil qilinadi. Shu bilan bir qatorda, Yangi yil kechasi katta shaharlarda kafe va restoranlar ish tartibi kech soat 23:00ga qadar cheklanadi. Ba’zi jamoat ovqatlanish tashkilotlari ishchilariga 31-dekabr kuni dam olish kuniga aylantirish tavsiya qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0