“Koinot go‘zali– 2015” - fillipinlik sohibjamol

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishGo‘zallik tanlovi ishtirokchisi.
Go‘zallik tanlovi ishtirokchisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi "Koinot go‘zali" unvoni filippinlik sohibjamol Piya Alonso Vurtsbaxga topshirildi.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Filippinlik go‘zal Piya Alonso Vurtsbax "Koinot go‘zali-2015" unvoniga sazovor deb topildi, xabar qiladi RIA Novosti Fox telekanali asosida.

Tanlovda qiziq hodisa ro‘y berdi. Boshlovchining xatosi tufayli, toj avvaliga Kolumbiyalik sohibjamolga topshirildi. Bir necha daqiqadan so‘ng, g‘olib boshqatdan e’lon qilindi. U 26 yashar Vurtsbax bo‘lib chiqdi. Piya Alonso Vurtsbax asli Germaniyalik. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sohibjamol va Filippin prezidenti Benigno Akino III o‘rtalarida romantik munosabatlar kurtak yozgan.

Bu yilgi “Koinot go‘zali” unvoni uchun 80dan ortiq davlatdan kelgan sohibjamollar o‘zaro bellashdilar.Rossiyalik 19 yashar Vladislava Yevtushenko g‘oliblar o‘n beshtaligi ro‘yxatiga kira olmagani uchun, tanlovning yakuniy bosqichida qatnashish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Rossiya “Koinot go‘zali” tanlovida 1994-yildan buyon qatnashib keladi. 2002-yilda “Rossiya go‘zali” Oksana Fedorova “Koinot go‘zali” nomiga loyiq topilgan edi. Ammo u unvon taqazo qiladigan majburiyatlarni bajara olmagani uchun, bu nomdan mahrum qilingan. 2005-yil unvon tuapselik “Kanada go‘zali” Natalya Glebovaga taqdim etilgan.

Yangiliklar lentasi
0