TOShKENT, 18 dek — Sputnik. “Islom Davlati” terrorchilari Shimoliy Iroqda so‘nggi 5 oy ichidagi eng yirik hujumni amalga oshirishdi. Jangarilar mahalliy ko‘ngilli jangchilar istiqomat qiluvchi qurdlar pozitsiyalariga hujum qilganlar, xabar qiladi RIA Novosti The New York Times gazetasiga tayangan holda.
Amerika harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar mahalliy ko‘ngilli jangchilar joylashgan qurdlar lageriga hamda Narvan va Tal-Asvad aholi punktlariga hujum qilishgan. Har bir hujumda 120 nafarga yaqin jangari ishtirok etgan.
Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, yoppasiga uyushtirilgan hujum AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbalari yordamida bartaraf etilgan. Operatsiya davomida 300 nafar jangarilar yo‘q qilingan.
AQSh armiyasi generali Mark Odom ushbu hujum joriy yilning iyulidan buyon “Islom Davlati” terrorchilari tomonidan Shimoliy Iroqda amalga oshirilgan “eng yirik hujum” bo‘lganini ta’kidlamoqda.