TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Yevropa Klublari Uyushmasi(YeSA) o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovni yilning eng yaxshi hakamiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritdi, xabar beriladi uyushma saytida.
Ushbu ro‘yxatga hamurtimizdan tashqari yana besh nafar referi kiritilgan. Bular Juneyt Chokir(Turkiya), Vilmar Roldan(Kolumbiya), Xoel Agilyar(Salvador), Bakari Papa Gassama(Gambiya) va Norbert Xauata(Taiti).
Taqdirlash marosimi 27-28 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladi. Yevropa Klublari Uyushmasi tomonidan shuningdek, yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, klub agenti va hakami aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov bungacha besh marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami unvoniga munosib topilgan.